Dunyodagi eng katta aeroport qachon ochilishi maʼlum boʻldi

14:09 04 Iyul 2019 Dunyo
760 0

Xitoyda dunyodagi eng katta aeroport qurildi, deb xabar berdi “Mir 24”. Uning maydoni 1 mln. kv. metrni tashkil etadi. Inshoot tomi 25 ta futbol maydoni hududiga teng.

Pekindagi “Dasin” nomi berilgan ushbu aeroport yiliga 620 mingta reysni qabul qila oladi. Buning uchun toʻrtta uchish-qoʻnish yoʻlaklari qurilgan. U XXR poytaxtidagi boshqa bir aeroport “Shoudu” ishini yengillashtirishga yordam beradi. Ikkisining oʻrtasidagi masofa 67 km.ga teng.

“Dasin” XXR tashkil topganining 70 yilligi nishonlanadigan 30-sentyabr kuni ochiladi. Ayni paytda u yerda sinov parvozlari amalga oshirilmoqda.

Yangi aeroport oʻzida eng murakkab muhandislik terminali loyihasini mujassam etgan. U “oltin qaqnus” koʻrinishiga ega.

“Dasin” dunyodagi umuman “chok” tuzilmalari qoʻyilmagan eng yirik inshootga ham aylandi.

Xitoy ushbu noyob inshoot qurilishiga qariyb 400 mlrd. yuan (taxminan 60 mlrd. dollar) sarfladi. Bunyodkorlik ishlari uch yildan ziyod davom etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?