Dunyoda koronavirus. Uxanda yovvoyi hayvonlarni ovlash taqiqlandi va boshqa yangiliklar

00:23 21 May 2020 Dunyo
286 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 4,93 mln.dan oshib ketdi, 324 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,7 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

—JSST maʼlumotiga koʻra oʻtgan sutka dunyo boʻyicha koronavirusga chalinish bilan bogʻliq holatlar soni rekord darajaga yetgan — 106 mingdan ziyod.

— Indoneziyadagi Bali kurort oroli chet ellik turistlar uchun oktyabr oyidan ochiladi.

— Turkiya iyun oyida ichki turizmni qayta yoʻlga qoʻyadi, koronavirus holatlari koʻp kuzatilayotgan davlatlar, shu jumladan, Rossiyadan sayyohlarni hozircha qabul qilmaydi.

— Braziliya sogʻliqni saqlash vazirligi bezgakka qarshi xloroxin va gidroksixloroxinni qoʻllashni kengaytirgan holda koronavirusni davolash protokolini oʻzgartirdi. 

— AQSH Xitoyning koronavirus bilan bogʻliq harakatlari taʼsiridan dunyo koʻrgan zararni 9 trln. dollar deb baholadi.

— Uxanda yovvoyi hayvonlarni ovlash va noqonuniy sotish, ularni ovqatda ishlatish taqiqlandi. Bu choralar besh yilgacha amalda boʻladi.

— Myanmadagi kanadalik ruhoniy qamalishi mumkin. U pandemiya paytida ommaviy ibodatni tashkil etgan. Tahlil natijalariga koʻra esa ruhoniydan tashqari uning ota-onasi hamda ibodatga kelgan oʻnlab odamlarda virus aniqlangan.

— Ukraina Rossiya va Belarusdan tashqari boshqa qoʻshnilari bilan chegaralarini ochmoqda. Hukumat buni murakkab epidemiologik holat bilan izohladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?