Dunyoda koronavirus. Uchta davlatda bemorlar soni haftasiga 50 foizgacha koʻpaymoqda va boshqa yangiliklar

23:57 29 May 2020 Dunyo
373 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 5,87 mln.dan oshib ketdi, 362 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 2,46 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

— Gretsiya 15-iyundan boshlab 29 mamlakat, jumladan, YEIga aʼzo 16 davlat fuqarolari mehmon boʻlishiga ruxsat beradi.

— Daniya 15-iyundan Norvegiya, Germaniya va Islandiya bilan chegaralarni ochadi.

— Armaniston bosh vaziri mamlakatda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat italyancha ssenariy boʻyicha ketishi mumkinligini bildirdi.

— Berlinda 2-iyundan qovoqxonalar ochiladi.

— Braziliya, Chili va Hindiston bir oydan beri koronavirus tarqalishi boʻyicha yetakchi boʻlib turibdi. Aprel oyidan buyon bu mamlakatlarda virusni yuqtirganlar soni haftasiga 40-50 foiz oʻsmoqda.

— Italiyaning shimolida koronavirusga test topshirish turizm xizmatlari paketiga kiritiladi. U koʻngilli asosda amalga oshiriladi.

— Rossiyada bemorlar soni 387 mingdan oshdi, vafot etganlar 4374, sogʻayganlar 159 257 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?