Dunyoda koronavirus. Tojdor yovni aniqlaydigan genetik test yaratildi va boshqa yangiliklar

12:44 22 May 2020 Dunyo
99 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 5,1 mln.dan oshib ketdi, 332 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,94 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

—Donald Tramp koronavirusdan vafot etgan amerikaliklar uchun bayroqlarni tushirishga buyruq berdi. Qoʻshma Shtatlarda virusni yuqtirish bilan bogʻliq holatlar 1,57 mln.dan oshdi. 298 mingdan ziyod bemor tuzaldi, 94 mingdan ortigʻi vafot etdi.

— XXR bosh vaziri Li Kesyan Xitoyda epidemiya hali tugamaganini aytib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, virusdan yoʻqotishlarni kamaytirish uchun saʼy-harakatlarni ikki barobar kuchaytirish va 2020-yilga qoʻyilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini bajarish talab etiladi.

— Koreya Respublikasida koronavirusga antitanachalarni aniqlash uchun aholi oʻrtasida test oʻtkazish boshlandi. Ilk bosqichda 1,5 mingga yaqin inson ishtirok etdi.

— Yangi Zelandiyada oxirgi olti kun ichida yana virusga chalinish bilan bogʻliq yangi holat aniqlandi. Mamlakatda bemorlar soni 1504 nafar boʻlsa, 21 kishi hayotdan koʻz yumgan, 1455 nafari tuzalgan.

— Braziliyadagi nufuzli “Albert Eynshteyn“ klinikasida koronavirusni aniqlab beradigan birinchi genetik test yaratildi. U iyun oyidan boshlab savdoga chiqariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?