Dunyoda koronavirus. Nyu-Yorkda bir kunda 139 bemor vafot etdi va boshqa yangiliklar

22:16 17 May 2020 Dunyo
221 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 4,66 mln.dan oshib ketdi, 312 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,7 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

— Ukrainada 57 shifokor koronavirusga chalindi.

— AQSH sogʻliqni saqlash vazirligi cheklovlar yumshatilgan hududlarda koronavirus infeksiyasi avj olishi kuzatilmaganini maʼlum qildi. Mamlakatda bemorlar soni 1,47 mln. kishini tashkil etmoqda, 268 ming nafari tuzalgan, 88 mingdan ortigʻi vafot etgan.

— Bir sutkada Nyu-Yorkda 139 bemor vafot etdi. Shtat gubernatori Endryu Kuomoning aytishicha, bu qurbonlar soni kamayib borayotgani hamda 26-mart koʻrsatkichlariga mos tushishini anglatadi.

— Madagaskarda koronavirusga chalinganlar orasida birinchi oʻlim qayd etildi. U 57 yoshli tibbiyot xodimidir.

— Ispaniyada bir sutkada 87 bemor hayotdan koʻz yumdi. Bu ikki oy davomidagi eng past koʻrsatkichdir.

— Xitoyda tojdor virusga chalinish bilan bogʻliq beshta yangi holat qayd etildi. qurbonlar boʻlmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?