Dunyoda koronavirus. Moskvada yana 76 bemor vafot etdi va boshqa yangiliklar

11:55 26 May 2020 Dunyo
287 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 5,49 mln.dan oshib ketdi, 346 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 2,23 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

— 27-maydan Dubayda sport zallari, kinoteatrlar ochiladi. Ularga ehtiyotkorlik choralarini koʻrgan holda soat 06:00dan 23:00gacha ishlashga ruxsat berildi.

— Braziliyada virusni yuqtirganlar soni 374 mingdan oshdi. Bu dunyodagi 2-koʻrsatkichdir(AQSHdan keyin). 23 mingdan ziyod bemor vafot etdi, 153 mingdan ortigʻi tuzaldi.

— AQSHda bemorlar soni 1,66 mln.dan, tuzalganlar 379 mingdan, qurbonlar 98 mingdan oshdi.

— Moldovada xalqaro avtobus va temir yoʻl qatnovlariga qoʻyilgan taqiq olib tashlandi. 30-iyungacha mamlakatga xorijliklarning kirishiga qoʻyilgan cheklov yakuniga yetadi.

— Rossiyada bemorlar soni 353 mingdan oshdi, 118 mingdan ortiq bemor tuzaldi, 3633 nafari vafot etdi.

— Moskvada yana 76 bemor vafot etdi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?