Dunyoda koronavirus.Avstriyada prezident karantin qoidalarini buzdi va boshqa yangiliklar

01:11 25 May 2020 Dunyo
270 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 5,3 mln.dan oshib ketdi, 342 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 2,1 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

— Trampning yordamchisi AQSH koronavirusga qarshi vaksinani birinchi boʻlib yaratadi deb hisoblaydi. Robert OʼBrayen “buni butun dunyo bilan boʻlishishlari“ni ham taʼkidlab oʻtdi.

— Yaponiyada oʻtgan kunlarda kamida 42 ta yangi holat aniqlandi. Shulardan 14 tasi Tokioda.

— Vena politsiyasi Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellen va uning turmush oʻrtogʻi Doris Shmidauerni shahardagi yozgi restoran ayvonlaridan birida uchratib qolishdi. Vaholonki, bu joy cheklovlar tufayli tungi soatlarda yopiq boʻlishi kerak edi.

— Xitoy pandemiya sabablarini oʻrganish boʻyicha JSSTning xalqaro tekshiruv oʻtkazish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

— Eronda 107 yoshli ayol koronavirusdan tuzaldi.

— Germaniyaning Frankfurt shahridagi baptist cherkovlaridan birida oʻtkazilgan ibodat marosimida kamida 107 kishi koronavirusga chalingani aniqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?