Dunyoda koronavirus. Istanbulda Yevropadagi eng katta jonlantirish boʻlimi ochildi va boshqa yangiliklar

00:43 22 May 2020 Dunyo
210 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 5 mln.dan oshib ketdi, 329 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,9 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

—Istanbulda Yevropadagi eng katta jonlantirish boʻlimi ochildi. U yerga bir vaqtning oʻzida 2682 bemorni joylashtirish mumkin.

— Turkiya Rossiya bilan iyul oyi oʻrtalariga kelib aviaqatnovlarni tiklashdan umid qilmoqda. Eng koʻp turistlar keladigan aeroportlarda koronavirusga test topshiriladi.

— Avstriya 15-iyundan GFR, Lixtenshteyn va Shveysariya bilan chegaralarini ochadi.

— Ispaniya sayyohlar uchun xavfsiz yoʻlaklar joriy etish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Epidemiologik osoyishtalik barqaror boʻlgan mamlakatlardan turistlarning kelishlariga ruxsit beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?