Dunyoda koronavirus. Eronda shaxsiy mashinada yurishga ruxsat berildi. Boshqa yangiliklar 

12:50 21 Aprel 2020 Dunyo
377 0

— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni qariyb 2,48 mln. nafarga yetdi, 651,5 ming bemor tuzaldi, 170 ming nafardan ziyodi vafot etgan.

— BMTga aʼzo barcha 193 davlat koronavirusga qarshi yaratiladigan vaksinadan foydalanish uchun barchaga birdek imkoniyat yaratilishi kerak ekanligini qoʻllab-quvvatladi.

— Eron koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlamoqda. Koʻpchilik doʻkonlar, bozorlar, korxonalar ishlamoqda, shaxsiy avtomobilda shaharlararo harakatlanishga ruxsat berildi.

— Xitoyda oʻtgan sutka davomida virusni yuqtirish bilan bogʻliq 11 ta holat aniqlandi. Shulardan 4 tasi chetdan kirib kelgan. Oʻlim holati qayd etilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?