Dunyoda koronavirus. AQSHda virusni yuqtirish holatlari kamaymoqda va boshqa yangiliklar

11:06 18 May 2020 Dunyo
183 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 4,71 mln.dan oshib ketdi, 315 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,7 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

— Xitoyda oʻtgan sutkada virusni yuqtirish bilan bogʻliq yettita yangi holat, shuningdek, kasallikni belgisiz tashuvchi 18 bemor aniqlangan. Xitoy shifoxonalarida 82 bemor davolanishda davom etyapti, yana 448 nafar belgisiz tashuvchi insonlar tibbiy nazorat ostida.

— Donald Tramp AQSHda virusni yuqtirish bilan bogʻliq yangi holatlar ayrim shtatlarni inobatga olmaganda sezilarli darajada kamayganini maʼlum qildi. Mamlakatda bemorlar soni 1,48 mln.dan ziyod boʻlsa, shulardan 272 mingdan ortigʻi tuzalgan, 89 mingdan ziyodi vafot etgan.

— Yangi Zelandiya bojxona xizmati Ruby Princess samolyoti ekipaji xatti-harakatlarini tekshirmoqda. Chunki bortida koronavirusga chalingan bemorlar boʻlgan ushbu layner Yangi Zelandiya va Avstraliya portlariga toʻsiqsiz qoʻngani aniqlangan.

— Ispaniya cheklov qoidalarini yumshatishda davom etyapti. Biroq mamlakatda karantin boʻyicha joriy etilgan rejim 24-mayga qadar saqlab qolinadi. Ispaniyada bemorlar soni 230 mingdan ortiq, qurbonlar 27 mingdan ortiq va 146 mingdan ziyod bemor sogʻaygan.

— Estoniyada favqulodda holat rejimi bekor qilinmoqda. U 13-mart kuni joriy etilgan edi. Mamlakatda hozirgacha 1774 kishida virus aniqlangan, 938 nafari tuzalib ketgan boʻlsa, 63 nafari vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?