Dunyoda koronavirus. AQSHda qurbonlar soni 91 mingdan oshdi va boshqa yangiliklar

11:33 20 May 2020 Dunyo
176 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 4,90 mln.dan oshib ketdi, 323 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,69 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

—Xitoyda oʻtgan kunda virusni yuqtirish bilan bogʻliq yana beshta yangi holat aniqlandi. Yana 16 kishi kasallikni belgisiz tashuvchilari boʻlib chiqdi. Bunday bemorlar soni 368 nafarga yetgan.

— Donald Tramp AQSH mamlakatga koronavirus bilan bogʻliq holatlar koʻpayib borayotgan Braziliyadan kirib kelishni taqiqlash masalasini koʻrib chiqayotganini bildirdi. U, shuningdek, Braziliyaga IVL qurilmalari yuborilayotganini maʼlum qildi. Janubiy Amerikaning ushbu davlatida bemorlar soni 271 mingdan oshib ketgan, ularning 106 mingdan ziyodi tuzalgan, 17 983 nafari vafot etgan.

— AQSHda virusni yuqtirganlar soni 1,52 mln.dan oshdi, tuzalganlar soni 289 mingdan ortiq boʻlsa, vafot etganlar 91 mingdan koʻpaydi.

— AQSH Ukrainaga koronavirus sabab 15,5 mln. dollar gumanitar yordam ajratdi. Davlat departamenti ushbu mablagʻlar mamlakatdagi sogʻliqni saqlash muassasalari imkoniyatlarini yaxshilash uchun sarflanishini maʼlum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?