Dunyoda karantin tartibi: Qaysi davlatda qanday jazolar mavjud?

08:56 25 Mart 2020 Dunyo
186 0

Foto: www.google.com

“Taraqqiyot strategiyasi“ markazi rasmiy kanalining maʼlum qilishicha, dunyoda karantin tartibini buzganlikka nisbatan qatʼiy choralar belgilangan. Quyida ular bilan tanishtiramiz.

• Oʻzbekistonda karantin va sanitariya tartib-qoidalarini buzganlik uchun 223 ming soʻmdan 22 million 300 000 soʻmgacha jarima yoki 1 yildan 8 yilgacha axloq tuzatish, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilishgacha boʻlgan jazo;

• Kanadada kasallik tarqalish xavfi uchun 1 million AQSH dollari miqdorigacha jarima yoki 3 yilgacha qamoq jazosi;

• AQSHlarida turli shtatlarda har xil jazolar belgilangan. 5000 dan 500 000 dollargacha jarima yoki 30 kungacha qamoq va bir yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazolari, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻiga koʻra, “mavjud xavflarga mos keluvchi har qanday choralar”ni koʻrish mumkin;

• Italiyada uch oygacha qamoq jazosi yoki 223 AQSH dollari miqdorida jarima;

• Ispaniyada uch oydan 1 yilgacha qamoq jazosi yoki 150dan 900 AQSH dollari miqdorigacha jarima;

• Polshada 1300 AQSH dollari miqdorigacha jarima;

• Rossiyada 1000 AQSH dollarigacha jarima, inson oʻlimi bilan yakunlansa, 5 yilgacha qamoq jazosi;

* Janubiy Koreyada 8 200 AQSH dollari miqdorigacha jarima yoki 1 yilgacha qamoq jazosi;

• Xitoyda 3 yilgacha qamoq jazosi, sanitar nazorati xizmatidagilarga qarshilik koʻrsatganlarga 700 AQSH dollari miqdorigacha jarima;

• Singapurda 10 000 AQSH dollari miqdorigacha jarima yoki 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish;

* Avstraliyada bir yilgacha qamoq jazosi yoki shtatlar kesimiga qarab 20 000dan 100 000 AQSH dollari miqdorigacha jarima;

• Ruminiyada 4 500 AQSH dollarigacha jarima;

• Slovakiyada 1 800 AQSH dollari miqdorigacha jarima. Bunday davlatlarga borganligini yashirsa, jinoiy ish qoʻzgʻatilishi mumkin;

• Chexiyada 130 000 AQSH dollari miqdorigacha jarima;

• Argentinada uch yildan 15 yilgacha qamoq jazosi va 1600 AQSH dollarigacha jarima;

• Isroilda uch yilgacha qamoq jazosi, karantin qasddan buzilgan boʻlsa, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi yoki 1360 AQSH dollari miqdorigacha jarima;

• Qirgʻizistonda uch yilgacha qamoq jazosi, agar karantin qasddan buzilgan boʻlsa, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qoʻllaniladi.

Aziz hamshaharlar, sanitariya qoidalari va karantin tartibiga rioya qilib, oʻzingiz va yaqinlaringizni asrang!


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?