“Dunyo ahli oʻzbek tilida soʻzlaydi” (Video)

20:39 17 Oktyabr 2019 Madaniyat
1151 0

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Bugungi kunda dunyoning turli burchaklaridan yurtimizga kelib, ona tilimizni oʻrganayotgan insonlar koʻpayib bormoqda. Ahamiyatlisi, mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida ular uchun barcha qulaylik yaratilgan. Veb saytimizda “Yurtimiz mehmonlari oʻzbek tilida soʻzlaydi” nomli yangi rukn ochdik va unda yurtimiz mehmonlarining iliq fikrlarini doimiy ravishda berib borishni maqsad qildik.

Oʻzbekistonda ona tilimizni oʻrganayotgan chet el fuqarolarini ayrimlarining dil izhorlarini eʼtiboringizga havola etamiz. Ruknimizning ilk mehmoni esa Vang Fangfei Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti magistri (Xitoy).

Bizni kuzatishda davom eting.

Yulduz Oʻrmonova, 
Hakimjon Yoʻldoshev, 
“Xalq soʻzi” muxbirlari

tomonidan tayyorlandi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?