Dudlangan goʻshtni 8 yil davomida beruxsat yegan supermarket ishchisi sud qilinishi mumkin

15:28 11 Sentyabr 2018 Lifestyle
737 0
Illyustrativ foto

AQSHning Ogayo shtatidagi mahalliy supermarketlardan birining xodimi sakkiz yil davomida har smenasida beruxsat uch-toʻrt boʻlak dudlangan goʻsht tanovul qilib kelgan. Shu vaqt mobaynida u yegan mahsulot narxi 8 ming dollarga yetgan. Bu ishni qilgan xodima esa yirik miqdordagi oʻgʻirlik jinoyati bilan ayblanishi mumkin.

Hozirgi kunda doʻkon egasining shu boʻyicha arizasini prokuratura koʻrib chiqmoqda.

Savdo markazi xoʻjayinining tasdiqlashiga koʻra, uning ishchisi sakkiz yil davomida har smenasida doʻkon muzlatgichidan uch-toʻrt boʻlak dudlangan goʻsht olib, oʻzi uchun tushlik tayyorlab kelgan. Mahalliy OAVda yozilishicha, u shu orqali supermarketga katta ziyon keltirgan va yirik miqdorda oʻgʻirlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?