“Doʻstlik – Qoʻyliq” metro liniyasida qurilish yakunlandi

23:46 06 Iyun 2020 Jamiyat
326 0

Toshkent halqa metro liniyasining birinchi bosqichi boʻlgan “Doʻstlik – Qoʻyliq” metro liniyasi qurib bitkazildi. Metroning ushbu uchastkasida 7 ta bekat barpo etildi. Buni hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Yangi yoʻnalishning uzunligi 11 kilometr.

Ushbu yoʻnalishda poyezdlarning oʻrtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi. Harakatlanish oraliq vaqti 4 daqiqadan iborat.

Bekatlar 5 ta vagon toʻxtashi uchun moʻljallangan. Har bir bekat milliy meʼmorchilik uslubiga xos tarzda qurildi, ular koʻrinishi va bezatilishi jihatidan bir-birini takrorlamaydi.

Metro liniyalarining estakada yoʻnalishida harakatlanadigan zamonaviy va yuqori sifatli, yoʻlovchilar uchun barcha qulayliklarga ega vagonlar keltirilgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?