Donald Tramp Bin Ladenning oʻgʻli oʻldirilganini tasdiqladi

11:48 17 Sentyabr 2019 Dunyo
175 0

AQSH prezidenti Donald Tramp “Al-Qoida“ terrorchilik guruhi asoschisi Usama bin Ladenning oʻgʻli va vorisi Hamza bin Ladenning amerikalik harbiylar oʻtkazgan amaliyot chogʻida oʻldirilganini tasdiqladi. Bu haqda BBC xabar berdi. 

Amaliyot qachon va aynan qayerda oʻtkazilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud emas. Oʻz bayonotida Donald Tramp amaliyot Afgʻon-Pokiston hududida boʻlib oʻtganini bildirgan.

Bundan avvalroq AQSH Hamza toʻgʻrisida yetkazilgan maʼlumot uchun 1 million dollar mukofot vaʼda qilgan edi.

Hamza bin Ladenning oʻldirilgani toʻgʻrisidagi xabarlar matbuot tomonidan shu yilning yozida tarqatilgandi. Biroq shu paytga qadar na prezident Tramp, boshqa yuqori martabali rasmiylar buni tasdiqlamagandi.

Hamza bin Laden 2015-yilda AQSH va boshqa davlatlarga qarshi hujum qilishga daʼvat etilgan videomurojaat tarqatgan edi. Oʻsha paytda uning yoshi 30 atrofida boʻlganiga ishoniladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?