Donald Tramp AQSH Arxangelsk viloyatidagi portlashdan soʻng koʻp narsani anglagani maʼlum qildi

12:07 13 Avgust 2019 Dunyo
189 0

AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH Rossiyada 8-avgust kuni suyuqsimon reaktiv dvigatelli qurilma sinovi vaqtida yuz bergan favqulodda hodisadan xulosa chiqarganini aytdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Qoʻshma Shtatlar Rossiyada raketa portlashiga olib kelgan muvaffaqiyatsizlikdan soʻng, koʻp narsani angladi. Bizda ham shunga oʻxshash, lekin yanada zamonaviy texnologiyalar bor. Rossiyadagi Skyfall portlashi odamlarni obyekt atrofidagi va undan ancha yiroqda boʻlgan havodan tashvish tortishga undadi. Yaxshimas!” - deb yozgan AQSH prezidenti oʻzining Twitterida.

Amerika razvedkasi gumonlariga koʻra, Nenoks yaqinida NATO tomonidan SSC-X-9 Skyfall deb ataluvchi qanotli “Burevestnik” raketasi prototipi portlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi va Rosatom alanga olishi natijasida yuz bergan portlash suyuqsimon reaktiv dvigatelli qurilma sinovi vaqtida roʻy berganini maʼlum qilgan.

Hodisa Rossiya Mudofaa vazirligining Arxangelsk viloyatidagi poligonida 8-avgust kuni yuz bergan. Rosatom oʻzining 5 nafar mutaxassisi halok boʻlgani haqida xabar qilgan. Ularning barchasi Jasorat medali bilan taqdirlandilar.

Yadroviy markazning yana uch nafar vakili jarohatlangan boʻlib, ayni vaqtda ularga kasalxonada zarur yordam koʻrsatilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?