Devor gʻishtlari orasiga “terilgan“ giyohvandlik moddalari fosh boʻldi

22:27 24 May 2020 Jamiyat
228 0

Foto: customs.uz

Yurtimizda narkotik vositalarni savdosi va aylanmasiga qarshi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi, viloyat Davlat xavfsizligi xizmati va Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Qoradori-2020” doirasida tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Tadbir davomida Jarqoʻrgʻon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.R ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Xonadonning hovlisida joylashgan omborxonani xizmat iti yordamida koʻzdan kechirish jarayonida bu yerda 2 dona shisha idishlarda va omborxona devor gʻishtlari, shiferlar va eski buyumlar orasiga 34 ta qogʻoz parchalariga oʻrab yashirib qoʻyilgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi saqlanib kelinayotganligi aniqlandi.

Ushbu giyohvandlik moddasining ogʻirligi elektron tarozida oʻlchab koʻrilganda jami 136,16 grammni tashkil etdi. Giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?