Deputat yuridik universitet rektori etib tayinlandi

10:34 19 Sentyabr 2019 Jamiyat
1333 0

Arxiv foto

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi. Bu xabarni vaziyatdan xabardor manbalar “Xalq soʻzi“ga tasdiqladi.

Shu kungacha Hakimov deputatlik bilan birga Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

Maʼlumot uchun, mazkur institut Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan tuzilgan va Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qoʻshma qarori bilan tashkil etilgandi. 2018-yilning 12-yanvar kuni Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti oʻz faoliyatini boshlagan va unga Rahimjon Hakimov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universitet rektori ayni paytda adliya vaziri oʻrinbosari sifatida ham faoliyat yuritadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?