Davlat tili haqidagi qonun talablarini buzish bilan bogʻliq 15 mingdan ortiq holat aniqlandi

16:06 22 Oktyabr 2020 Siyosat
314 0

Prokuratura organlari tomonidan “Davlat tili haqida”gi Qonun va sohaga oid boshqa qonun hujjatlari ijrosi oʻrganilganda, sohada amalga oshirilgan ishlar bilan birga, davlat tilini toʻlaqonli joriy etishda tizimli kamchilik va muammolar mavjudligini aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma prokurori Murodulla Tursunmetov atroflicha maʼlumot bergan.

“Davlat boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari va boshqa idoralar faoliyatida davlat tili haqidagi qonun talablarini buzish bilan bogʻliq 15 mingdan ortiq holatlar aniqlandi.

Qonun buzilishlar asosan ish hujjatlarini davlat tilida yuritmaslik (6 840 ta), imlo qoidalarini buzish (4 841), ichki hujjatlarni til qoidalariga rioya qilmasdan qabul qilish (1 449), tashqi axborot matnlari (945) hamda muhr va tamgʻalardan davlat tilida foydalanmaslik (150), geografik obyektlarni nomlash tartiblarini buzish (155) kabi koʻrinishlarda sodir etilgan.

Oʻzbek tiliga rasman davlat tili maqomi berilganiga 30 yildan ziyod vaqt oʻtgan boʻlsada, hanuzgacha ish hujjatlarini rus tilida yuritish holatlariga chek qoʻyilmagan.

Bunday holatlar Sogʻliqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Madaniyat vazirligining Madaniy meros departamenti, Ekologiya davlat qoʻmitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda boshqa koʻplab mahalliy darajadagi idoralar faoliyatida ham aniqlandi”, deydi Tursunmetov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?