“Davlat tili haqida"gi qonun talablarini buzgan 7 nafar mansabdor jiddiy ogohlantirildi

17:52 22 Oktyabr 2020 Siyosat
287 0

“Davlat tili haqida”gi qonunning 20 - moddasida lavhalar, eʼlonlar, narxnomalar va boshqa koʻrgazmali hamda ogʻzaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va eʼlon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkinligi belgilangan.

Bosh prokuratura boshqarma prokurori Murodulla Tursunmetovning maʼlum qilishicha, televideniye va radio eshittirishlarda til qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, shevada, jargon va xorijiy soʻzlarni qoʻshgan holda dasturlarni olib borish holatlari koʻplab yoʻl qoʻyilmoqda.

“Prokuratura organlari tomonidan “Davlat tili haqida”gi qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan 296 ta taqdimnoma kiritildi, 54 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, 7 nafar mansabdor shaxs qonun talablarini buzmaslik haqida ogohlantirildi”, dedi Tursunmetov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?