Davlat qarzlari rekord darajaga yetdi

15:20 13 Fevral 2019 Dunyo
925 0

Arxiv foto

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻz lavozimiga kirishgan paytda davlat qarzlari qisqara boshlagan edi, ammo 2018 yildan soliq islohotlari tufayli u yana koʻpaymoqda.

Bugunga kelib AQSHning davlat qarzlari 22,01 trln. dollardan oshib, tarixiy rekordni qayd etdi, deb yozadi “Vedomosti” nashri ushbu mamlakat moliya vazirligi hisobotiga asoslanib. Oʻtgan yillarda AQSH davlat qarzlari 2,03 trln. dollarga koʻpaygan. Buning asosiy sabablaridan biri 2017 yil dekabr oyida soliqlarning pasaytirilishi bilan bogʻliq.

Oldingi prezident Baraka Obama paytida davlat qarzlari birdaniga 9 trln. dollarga oshib ketgandi. Donald Tramp 2016 yil bahor oyida davlat qarzlarini kelayotgan sakkiz yil ichida yoʻq qilishga vaʼda bergandi.

AQSHning 2018 yilgi davlat qarzlari YAIMning 78 foizini tashkil etdi. Agar hech qanday oʻzgarish yuz bermasa, 2028 yilga kelib ushbu koʻrsatkich YAIMning 98 foiziga yetishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?