Choʻntak printeri taqdim etildi

15:34 19 Avgust 2019 Dunyo
298 0

Xiaomi Youpin mikroinvestitsiya maydonida Youdao Memobird G4 portativ printeri taqdim etildi.

Mazkur ixcham qurilma bluetooth orqali smartfonga ulanadi va maxsus mobil ilova orqali boshqariladi. Qurilma qora va oq termal bosib chiqarish texnologiyasidan foydalanadi.

Printerning oʻlchamlari atigi 86,8×79.3×39 mm. va ogʻirligi 165 grammni tashkil etadi. Oʻrnatilgan 900 mAh batareya 8 rulonli qogʻozga doimiy bosib chiqarish uchun yetarli boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?