“Choʻlpon” nashriyoti bolajonlar uchun navbatdagi tuhfalarni taqdim etdi

18:39 13 Mart 2020 Madaniyat
185 0

Poytaxtimizda Choʻlpon nomidagi NMIU tomonidan “Oʻzbek bolalar adabiyoti oltin fondidan” seriyasi ostida chop etilgan P. Moʻminning “Qovoqvoy va Chanoqvoy”, N. Fozilovning “Qahr va Mehr”, A. Obidjonning “Quvnoq- quvnoq bolalar”, D. Rajabning “Yoʻlim Quyosh tomondir” kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Maʼulmki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda kitob va kitob mutolaasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilib, bu borada sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarinigng 2018-yil 2-fevraldagi “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalari yana-da rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi va uning zimmasiga hukumatimiz tomonidan kitob nashr etish, elektron va audio kitoblar yaratish, kitob mutolaasi madaniyatini oshirish sohasida dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishini taʼminlash vazifasi yuklatilgandi.
 

Agentlik tarkibidagi Choʻlpon nomidagi NMIU oʻtgan yilda bolalarga moʻljallangan bir qancha kitoblarni chop etdi. Jumladan, Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Jannati odamlar”, “Tagob qishloq ertaklari”, “Shirin qovunlar mamlakatida” kabi romanlari, A. Obidjonning “Moʻttivoy”, E. Malikning “Champo otli ilon”, N. Norqobilovning “Chetdagi odam”, Z. Moʻminovaning “Yumshoqoy ismli tipratikoncha” kabi kitoblari chop etilib, kitobxonlarga yetkazib berildi.

“Oʻzbek bolalar adabiyoti oltin fondidan” seriyasi ostida chop etilgan mazkur kitoblar ham bolajonlar uchun navbatdagi yaxshi sovgʻalardan biri boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?