“Chirchiqda «Neksiya» daryoda oqib ketdi” xabari yuzasidan IIV bayonot berdi

21:42 04 Iyul 2020 Jamiyat
281 0

Joriy yilning 4-iyul kuni ijtimoiy tarmoqda “Chirchiqda «Neksiya» daryoda oqib ketibdi” sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi. Ushbu video boʻyicha IIV YHXBB axborot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Joriy yilning 30-iyun kuni soat 18:20 larda, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hududidan oʻtgan 4R12 “Bektemir-Chorbogʻ” avtomobil yoʻlining 32 kilometrida haydovchi 2001-y.t. I.M. «Neksiya» rusumli transport vositasida harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yoʻqotib haydovchi X.D. boshqaruvida boʻlgan “Zil” rusumli yuk avtomashinasining yon tomoniga urilgan va ushbu hudud atrofidan oʻtgan Chirchiq daryosiga tushib ketgan. Daryoga tushish vaqtida haydovchi avtomobildan tushib qolishga ulgurgan.

Ushbu hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. «Neksiya» rusumli transport vositasi daryodan chiqarib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini oʻzi va oʻzgalar hayotini xavf ostiga qoʻymasliklarini soʻrab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?