Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

09:16 06 Noyabr 2019 Hujjatlar
482 0

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 30-sentyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019-yil 11-oktyabrda maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda) 224-moddasi chiqarib tashlansin.

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 267-modda, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar) 3812-moddasi birinchi qismining 1-bandidagi “224-moddasida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 291-moddaning ikkinchi qismidagi “225-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar “225-moddasi yettinchi va sakkizinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 223-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan, doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi boʻyicha hisobga turmasdan yashashi, pasportni qasddan yaroqsizlantirishi yoki ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yoʻqotib qoʻyishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning haqiqiy boʻlmagan yashash guvohnomasi bilan yashashi, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashashi, yashash guvohnomasini qasddan yaroqsizlantirishi, ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yoʻqotib qoʻyishi, –

eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun masʼul boʻlgan shaxslar tomonidan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yashashiga yoʻl qoʻyilishi, xuddi shuningdek fuqarolar tomonidan oʻz turar joylarida shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan yashashiga yoʻl qoʻyilishi, –

eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxs oʻn olti yoshga toʻlishi munosabati bilan oʻz vaqtida pasport olmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs oʻn olti yoshga toʻlishi munosabati bilan yashash guvohnomasini oʻz vaqtida olmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi”;

3) 225-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzishi, yaʼni haqiqiy boʻlmagan hujjatlar bilan yashashi, vaqtincha propiskaning, koʻchishning yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya etmaganligi, boʻlish muddati tugagach chiqib ketishdan boʻyin tovlashi, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtish qoidalariga oʻn sutkagacha rioya etmaganligi, –

eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini oʻn sutkadan ortiq, ammo oʻttiz sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga buzishi, –

eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini oʻttiz sutkadan ortiq muddatga buzishi, –

eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. 

Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalarida nazarda tutilgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni qabul qilish tartibini mansabdor shaxs tomonidan buzish, –

mansabdor shaxsga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni xususiy ishlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxs tomonidan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning vaqtincha propiskadan oʻtishini, shuningdek ularning bu yerda boʻlishning belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishini taʼminlash yuzasidan choralar koʻrilmaganligi, xuddi shuningdek shaxs tomonidan xususiy ishlar bilan kelgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga uy-joy maydoni, transport vositalarini berish yoxud boshqa xizmatlar koʻrsatish, agar bu Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalari buzilishiga olib kelishi oldindan ayon boʻlsa, –

eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzganligi uchun ushbu moddaning birinchi – uchinchi qismlarida belgilangan jarimani toʻlamagan taqdirda, ular keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzishni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etgan taqdirda, ular keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi”;

4) 245-moddaning birinchi qismidagi “225-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar “225-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 248-modda:

birinchi qismidagi “225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “225-moddasining birinchi – beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining 1-bandidagi “225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “225-moddasining birinchi – beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining 3-bandidagi “225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “225-moddasining birinchi – beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 287-moddaning 1-bandidagi “225-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar “225-moddasining birinchi – uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7) 288-moddaning uchinchi qismidagi “225-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar “225-moddasining birinchi – uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

8) 305-moddaning uchinchi qismidagi “225-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar “225-moddasining birinchi – uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

9) 3461-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “225-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar “225-moddasining birinchi – uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                                      Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri,

2019-yil 5-noyabr

№ OʻRQ—579


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?