Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

16:48 13 Aprel 2018 Sport
1482 0

Shveysariyaning Non sharhirada Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi yarim final juftliklarini aniqlash uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, Chempionlar ligasi yarim finalida “Bavariya” “Real”ga, “Liverpul” esa “Roma”ga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.

Yarim finalning dastlabki bahslari 24 va 25 aprel kunlari, javob bellashuvlari esa 1 va 2 may kunlari o‘tkaziladi.

Chempionlar ligasining finaliga 26 may kuni Ukrainaning Kiyev shahri mezbonlik qiladi.

Yevropa ligasi yarim final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:
“Arsenal” – “Atletiko” 
“Marsel” – “Zalsburg”.


Yarim finalning dastlabki bahslari 26 aprel kuni, javob bellashuvlari esa 3 may kuni o‘tkaziladi.

Yevropa ligasi finali 16 may kuni Fransiyaning Lion shahrida bo‘lib o‘tadi. 
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?