“Charm toʻp-2019” futbol musobaqasi yakunlandi

09:46 29 Avgust 2019 Sport
304 0

18-30 yoshlilar oʻrtasida oʻtkazilgan “Charm toʻp-2019” anʼanaviy futbol musobaqasi yakunlandi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

“Milliy” stadionda oʻtkazilgan hal qiluvchi final oʻyinida Toshkent shahrining “Iqbol” hamda Navoiy viloyati Navbahor tumanining “Kelachi” jamoalari gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Asosiy vaqtda hisob ochilmagach, gʻolibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Oʻziga xos “omad lotoreyasi”da poytaxtlik yoshlarning qoʻli baland keldi – 2:4.

Yakunda “Charm toʻp-2019” anʼanaviy futbol musobaqasining ilk gʻolibi Toshkent shahri Bektemir tumanining “Iqbol” jamoasi boʻldi.

Musobaqa gʻoliblari va ishtirokchi jamoalarni taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimov, vazir oʻrinbosari Sharif Moʻminjonov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?