Dunyo

Xitoy AQSHdagi COVID-19ga chalingan bemorlarga Tramp kabi davolanish nasib etishini tiladi

 "Kecha AQSHda COVID-19 bilan bogʻliq 47 mingdan ziyod holat va 600 kishi hayotdan koʻz yumgani xabar qilindi. Bu bemorlar mana shunday ogʻir sinovdan oʻtayotgani kishini qaygʻuga soladi. Umid qilamanki, ular ham xuddi prezident kabi “eng yaxshi” davolanishdan bahramand boʻlishadi",...

09:22 05 Oktyabr 2020
Kredit reytingi IFADga sayyoradagi ochlikka qarshi kurashish uchun koʻproq resurslarni jalb qilish imkonini beradi

BMT axborot markazi maʼlumotiga koʻra, “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi IFADning kreditga layoqatliligini barqaror (AA+) deb baholagan. Ushbu baho IFADning dunyo boʻylab qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida iqtisodiy rivojlanish loyihalarini amalga oshirish jarayoniga koʻproq investitsiya mablagʻlarini jalb qilish imkonini yaratadi.

13:43 04 Oktyabr 2020
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 1 mln.dan oshdi

Epidemiya boshlangandan buyon koronavirusdan vafot etganlar soni 1,03 mln.dan oshdi, 26 mln.dan ziyod bemor tuzaldi. Dunyoda ushbu infeksiyadan oʻlim darajasi 4 foizga yetdi. 

11:50 04 Oktyabr 2020
Bugun Qirgʻizistonda parlament saylovlari boʻlib oʻtmoqda

Bugun Qirgʻizistonda Jogorku Keneshiga 120 deputat saylanadi. Ular 16 ta partiya vakillaridan boʻladi. Bu haqda «Kabar» manbasi xabar berdi.

09:40 04 Oktyabr 2020
Uch nafar senatorda koronavirus aniqlandi

AQSH kongressi senatining milliy xavfsizlik va hukumat ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi Ron Jonson oxirgi ikki kunda koronavirusga chalingan uchinchi senator boʻldi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

09:25 04 Oktyabr 2020
Fransiyada suv toshqinlari yigirma kishini hayotdan olib ketdi

Mamlakat ichki ishlar vazirligining fuqaro muhofazasi masalalari boʻyicha direktori Jeremi Krunshanning maʼlum qilishicha, tabiiy ofat oqibatida 20 kishi hayotdan koʻz yumgan, kamida sakkiz kishi bedarak yoʻqolgan. 

17:16 03 Oktyabr 2020
Koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy xatosi aytildi

Oʻzini oʻzi davolash koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy xatosi sanaladi. Bu haqda N.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya Milliy tadqiqot markazining latent infeksiyalar mikrobiologiyasi boʻlimi boshligʻi Viktor Zuyev NSN efirida maʼlum qildi, deb yozadi Sputnik.

16:51 03 Oktyabr 2020
Yevropa Ittifoqida ishsizlikdan eng koʻp ayollar va yoshlar aziyat chekmoqda

Yangi tipdagi koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida Yevropa Ittifoqi mehnat bozoridagi vaziyat tobora keskinlashmoqda. Bu haqda Yevronyus xabar berdi.

16:02 03 Oktyabr 2020
Koronavirusga chalingan deputat bilib turib majlisga keldi. Unga jarima va isteʼfo xavf solmoqda

Shotlandiyaning Buyuk Britaniya parlamenti quyi palatasidagi vakili Margaret Ferriyer majlislardan biriga koronavirusga chalingan holda kelgan. Bu haqda Sky News xabar berdi.

15:50 03 Oktyabr 2020
Xitoyda 4000 ta qutidagi uy hayvoni oʻlik holda topildi

Xitoydagi logistika omborxonalaridan birida 4000 ta qutida it, mushuk, quyon va boshqa uy hayvonlarining jasadlari topildi. Bu haqda South China Morning Post manbasi xabar berdi.

15:12 03 Oktyabr 2020