Welcome to uzbekistan

Siypantoshda ibtidoiy davr rassomi chizgan suratlar – jahondagi eng noyob madaniy yodgorliklardan

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Hisor togʻ tizmalarida joylashgan Quruqsoy qishlogʻida Siypantosh yodgorligi mavjud. Undagi qadimiy topilmalar Homo sapiens (aqlli odam)ning paydo boʻlishi va u tomonidan yaratilgan eng dastlabki rangli sanat asarlarining vujudga kelishini isbotlaydigan ajoyib yodgorliklar sirasiga kiradi.

15:25 25 Mart 2020
Oʻzbekiston qanday qilib “New-York Times” jurnalistlari uchun eng esda qolarli mamlakatga aylandi?

Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasi xabariga koʻra, AQSHning dunyoga mashhur “New-York Times” nashrida “Eng afsonaviy yoʻldagi 12 kun: Buyuk Ipak yoʻli” sarlavhasi ostida maqola eʼlon qilindi. Unda gazeta fotojurnalisti Toni Senikola va “Sayohatlar” boʻlimi muallifi Charli Uaylder oʻz taassurotlarini oʻquvchilar eʼtiboriga havola...

15:20 12 Mart 2020
Rossiyaning mashhur “NTV” telekanali Qashqadaryo haqida koʻrsatuv tayyorlaydi

Prezidentimiz tomonidan “Festivallar shahri” maqomi berilgan Shahrisabz shahri obidalari hamda Qashqadaryoning boy madaniy va tarixiy yodgorliklari, asrlarga tengdosh milliy qadriyatlari, oʻziga xos taomlari bugun doimiy tarzda xorijiy OAV nigohida. Jumladan, Rossiya Federatsiyasining MDH va boshqa davlatlarda koʻp millionli tomoshabinlariga ega...

10:47 12 Mart 2020
Koronavirus tufayli Oʻzbekistonda “Ziyorat turizmi haftaligi” tadbirlari kechiktirildi 

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan 12-16-mart kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo boʻylab koronavirus (COVID-19) tarqalib borishi sababli kechiktirildi. Bu haqda qoʻmita xabar berdi.

23:29 10 Mart 2020
Oʻzbekistonga tashrif buyuradigan xitoylik turistlar soni 75,2 foiz qisqarib ketdi

Koronavirus tarqalishining Oʻzbekiston turizm sohasiga taʼsirining birinchi oqibatlari maʼlum boʻldi. Fevral oyida yurtimizga tashrif buyurgan xitoylik turistlar soni oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 75,2 foiz qisqarib ketgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

15:19 09 Mart 2020
The Telegraph Oʻzbekistonni koronavirusdan xoli turistik jozibador mamlakat sifatida eʼtirof etdi

Buyuk Britaniyaning taniqli “The Telegraph” gazetasi Oʻzbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turistik jihatdan jozibador 19 mamlakat qatoriga qoʻshdi. 

21:18 04 Mart 2020
Yerqoʻrgʻonda arxeologik qazishma ishlari olib boriladi

Joriy yilning mart-aprel oylarida Qarshi shahri yaqinidagi qadimiy Yerqoʻrgʻon tarixiy arxeologik majmuasida qazilma ishlari boshlanadi.

16:22 28 Fevral 2020
Oʻzbekiston koronavirusdan xoli mamlakat sifatida qoʻshimcha turistlarni jalb etishni rejalashtirmoqda

Oʻzbekiston koronavirusdan xoli degan maqomga ega mamlakat sifatida qoʻshimcha sayyohlarni jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining rejalashtirish va inson resurslarini rivojlantirish masalalari boʻyicha departament boshligʻi Shuhrat Isaqulov maʼlum qildi.

10:09 28 Fevral 2020
Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkent viloyatida elektron golf klub qurmoqda. Yoxud turizm sohasidagi eng soʻnggi oʻzgarishlar qanday?

Yaqinda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA)ning majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Oʻzbekiston respublikasida turizm sohasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Faxriddin Davrukov hamda qator...

09:18 28 Fevral 2020
“Telegraph”: “Yorqin nur taraladigan diyor”

Buyuk Britaniyaning mashhur “Telegraph” gazetasida Sara Uilerning Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan koʻhna va navqiron Samarqand, Buxoro hamda Xiva shaharlari boʻylab sayohati haqida maqola chop etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

08:54 26 Fevral 2020