Sport

Boks boʻyicha jahon chempioni - Sharqiy harbiy okrug harbiy xizmatchisi

Sport – sogʻlom turmush kafolati. Shu bilan birga u insonni elga tanitadi. Mamlakatimiz sportchilarini dunyo arenalarida yuqori natijalarni qoʻlga kiritayotganliklari esa barchamizni faxrlantiradi.

16:32 04 Oktyabr 2019
Faxriylar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start oldi

Mazkur chempionat Xalqaro Shaxmat akademiyasi binosida oʻtkaziladi. “Faxriylar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati”da respublikamizning barcha hududidan 48 ishtirokchi qatnashishmoqda.

15:23 04 Oktyabr 2019
Oʻzbekistonda birinchi xalqaro sport sammiti boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 4-5-6-oktyabr kunlari Boʻstonliqdagi “Yoshlar oromgohi”da Oʻzbekistondagi birinchi Xalqaro sport sammiti(International sport summit) boʻlib oʻtadi.

12:22 04 Oktyabr 2019
Hasanboy Doʻsmatov va Shahram Gʻiyosov bilan bitta boks oqshomida jang qiladi

Hasanboy Doʻsmatov noyabr oyining soʻnggi kunida professional boksdagi debyut jangini oʻtkazadi.

12:16 04 Oktyabr 2019
Bokschi Dilshodbek Roʻzmetov “Spark” avtomobili bilan mukofotlandi

2019-yilning 7-21-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida kattalar oʻrtasida oʻtkazilgan boks boʻyicha jahon chempionatida xorazmlik charm qoʻlqop ustasi Dilshodbek Roʻzmetov kumush medal sohibi boʻlgan edi. Prezidentimiz Farmoniga binoan Dilshodbek “Kelajak bunyodkori” medali, shuningdek pul mukofoti va “Gentra” avtomobili bilan mukofotlandi.

16:15 03 Oktyabr 2019
Dunyoning nomdor polvonlari yana Termizda bellashadi

Shu yilning 5-6-oktyabr kunlari Termiz shahrida kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bagʻishlangan XIV xalqaro turnir boʻlib oʻtadi. Hozirda ushbu nufuzli kurash musobaqasiga qizgʻin tayyorgarlik ishlari olib olib borilmoqda.

13:56 03 Oktyabr 2019
Jahon chempioni Bahodir Jalolov Surxondar viloyati hokimi tomonidan 200 million soʻm pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi

Termizdagi Yoshlar markazida shu yilning 9-21-sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha jahon chempionatining “Eng yaxshi sportchisi” deb topilgan Bahodir Jalolov Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov tomonidan 200 million soʻm pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.

13:51 03 Oktyabr 2019
Isroil Madrimov ishtirokidagi jang Oʻzbekistonda jonli efirda namoyish etiladi

Xabaringiz bor, Isroil Madrimov bir necha kundan soʻng prof ringdagi toʻrtinchi jangini oʻtkazadi.

17:21 02 Oktyabr 2019
U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari taqvimi tasdiqlandi. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi qachon oʻynaydi?

Joriy yilning oktyabr va noyabr oylarida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari oʻtkaziladi. Mazkur musobaqa final bosqichining mezboni – Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ayni paytda Saudiya Arabistonida oʻtkaziladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

17:19 02 Oktyabr 2019
Faxriy unvonlarga ega sportchilar hokim maslahatchilari boʻladi

Andijon viloyatida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish tizimini takomillashtirish hamda sport inshootlari quvvatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

10:24 02 Oktyabr 2019