Iqtisodiyot

Dollar kursi yana arzonlashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2020-yil 10-martdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

12:09 09 Mart 2020
Oʻzbekiston kompaniyalari Nyu-Yorkda oʻz savdo uyini ochishdi

Nyu-York shahrida Oʻzbekistonning navbatdagi savdo uyi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. U yerda “SAG” kompaniyasining milliy gilamlari hamda “Gulnor” brendi ostida ipakdan toʻqimachilik mahsulotlari taqdim etiladi. Bu haqda mamlakatimizning Vashingtondagi elchixonasi xabar berdi.

11:03 09 Mart 2020
Abu-Dabi, Dubay, Sharjadan Oʻzbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

Yaqinda BAAning Dubay shahrida ikki tomonlama hamkorlikni va davlatlar oʻrtasida havo qatnovlarini yana-da rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hamda BAA aviatsiya maʼmuriyati oʻrtasida maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

16:27 07 Mart 2020
Avstriyalik milliarder boshchiligidagi kompaniya Oʻzbekistonda kichik mehmonxonalar tarmogʻini qurish uchun sarmoya kiritishga qiziqish bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov “C-Quadrat Investment Group” investitsion kompaniyasining bosh direktori Aleksandr Shus boshchiligidagi Avstriyaning bir guruh tadbirkorlari bilan uchrashdi.

15:34 07 Mart 2020
“Airbus Helicopters” vakili: “Xalqaro tajribaga muvofiq, Oʻzbekistonga 25-30 ta vertolyot kerak boʻladi” 

Vertolyot ishlab chiqarish boʻyicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan “Airbus Helicopters” Oʻzbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari rahbari Ralf Veber Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov bilan kechgan uchrashuvda...

14:33 07 Mart 2020
Yangi loyihalar Oʻzbekistonda elektr energiyasi taqchilligiga barham beradimi?

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Saudiya Arabistonining ACWA POWER kompaniyasi bilan imzolagan bitim Oʻzbekistonning energetika sohasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshadi, deb yozadi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Axborot xizmati bunga javoban.

11:23 07 Mart 2020
“Oʻzbekneftgaz“ ”zapravkalari"dagi yoqilgʻi narxini pasaytirdi

1-martdan boshlab ushbu AYOQSHlardagi dizel yoqilgʻisining narxi 7500 soʻmdan 7300 soʻmga pasaytirildi. Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar berdi.

11:10 07 Mart 2020
Rossiyada dollar keskin koʻtarildi

Yevro 1,12 rublga koʻtarildi va 77,02 rublni tashkil qildi. Bu 2019-yil yanvar oyidan buyon boʻlgan eng maksimal koʻrsatkich.

22:09 06 Mart 2020
Tarixiy hujjat imzolandi: Paxta boʻyicha majburiy davlat xaridlari bekor qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini taʼminlash, davlat buyurtmasi hajmlarini bosqichma-bosqich kamaytirish, shu jumladan, paxta xom ashyosi yetishtirish, xarid qilish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy...

13:30 06 Mart 2020
“MAZ” vakili Oʻzbekiston bozoriga mahsulotlarni yetkazib berishdan manfaatdor ekanligini bildirdi

Transport vazirligida Belarus Respublikasining “Minsk avtomobil zavodi” OAJ vakillari bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi. Transport vaziri oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi D.Dexkanov “MAZ” OAJ bosh direktori oʻrinbosari S.Shulyak bilan uchrashuvda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli modeldagi avtobuslarni Oʻzbekiston bozoriga yetkazib berish masalalari yuzasidan...

11:42 06 Mart 2020