Buyuk britaniyalik olim: Koronavirusning tashuvchisi meteorit boʻlgan

14:24 17 Fevral 2020 Dunyo
287 0

Foto: Reuters

Koronavirusning paydo boʻlishi va tarqalishi toʻgʻrisida aniq xulosaga kelingani yoʻq. Shu bois bu borada juda koʻp qarashlar bildirilmoqda.

Masalan, Buyuk britaniyalik taniqli astronom, matematik Chandra Vikramasingxening taʼkidlashicha, virus Xitoyga meteorit sabab tarqalgan boʻlishi mumkin. Oʻtgan yilning 11-oktyabrida Xitoyning Sondjian shahri (Szilin provinsiyasi) ustidan meteorit uchib oʻtgan. Agar uning yuzasida patogen mavjud boʻlgan boʻlsa, u avval atmosferaga tushib, keyin Xitoyning Uxan shahriga tarqalgan boʻlishi mumkin.

Ammo uning qarashlari biroz reallikdan yiroq koʻrinadi.

Vaholanki, virusning tushishi va keyin tirik organizmlarni zararlashi bir necha yil davom etishi mumkin. Chandra Vikramasingxening nazariyasi esa soʻnggi yillarda paydo boʻlgan gripp shtammlarining paydo boʻlishi bilan mos keladi, deya yozmoqda planetanovosti.com.

Bugunga qardar koronavirus tufayli 1775 kishi hayotda koʻzm yumgan. Xitoy Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi maʼlumotiga koʻra, virusni 71327 kishi yuqtirib olgan. Shundan 70548 nafari Xitoy fuqarolari hisoblanadi. Infeksiya bilan bogʻliq oʻlim holatlari Gonkong, Tayvan, Fransiya, Yaponiya va Filippinda qayd etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?