“Buning sababi korrupsiya”. Livan Bosh vaziri Bayrutdagi portlash sababini oshkor qildi

22:56 08 Avgust 2020 Dunyo
675 0

Foto: Reuters

Bayrut portidagi portlash mamlakatdagi korrupsiya tufayli yuz bergan. Xuddi shu fikrlarni Livan Bosh vaziri Hasan Diab “AL-Mayadeen” telekanali orqali mamlakat aholisiga qilgan murojaati payti aytib oʻtgan.

“Portni larzaga solgan portlash korrupsiya sababli yuz berdi” , dedi Hasan Diab.

Oldin xabar berganimizdek, 4-avgust kuni Bayrutdagi portda kuchli portlash sodir boʻldi. Fojia oqibatida 6 mingdan ortiq odam tan jarohati olgan. Poytaxtda yashovchi 300 mingdan ortiq odam boshpanasiz qoldi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, portlash oqibatida hayotdan koʻz yumganlar soni 158 kishiga yetgan.

Livan Bosh vaziri Hasan Diabning aytishicha, portlashga 2750 tonna ammiakli selitraning notoʻgʻri saqlanishi sabab boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?