Buxoroda aka ukasini oʻldirdi

12:44 23 May 2020 Jamiyat
455 0

Buxoroda kichik kelishmovchilik oʻlim bilan yakunlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 15-may kuni Buxoro shahar Jalol Ikromiy mahallasida yashovchi A.B oʻzi bilan birga yashab kelayotgan ukasi T.O bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda oʻzaro janjallashgan.

A. B janjal vaqtida qoʻlida boʻlgan oshxona pichogʻi bilan uning hayoti uchun muhim hisoblangan koʻkrak qismiga bir necha marotaba urishi oqibatida fuqaro T.O hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.B.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-modda 1-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?