Bugun yurtimizning ayrim hududlarida havo harorati 41 darajagacha koʻtariladi

13:11 25 May 2020 Jamiyat
252 0

Bugun Oʻzbekiston hududida Eron tomondan issiq havo kirishiga sabab boʻlgan yuqori barik oʻrkach (balandlikdagi yuqori bosimli qatlam) taʼsiri saqlanib turadi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

Qayd etilishicha, butun respublika boʻyicha ob-havo ochiq boʻladi. Kunduzgi harorat 36-39 darajani tashkil qiladi, shimoliy hududlar va choʻl zonasida ayrim joylarda 40-41 darajagacha yetadi.

Balandlikdagi yuqori bosimli qatlam haftaning oxirigacha mamlakatmizdagi ob-havo sharoitlariga taʼsir qiladi. Ob-havo asosan kam bulutli boʻladi. Respublikaning shimoli va choʻl zonalarida 27-28-may kunlari shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?