Bugun soʻnggi qoʻngʻiroq. Xalq taʼlimi vaziri bitiruvchilarga murojaat qildi

11:58 25 May 2020 Jamiyat
174 0

“Siz hayotingizda eng muhim qadamlarni boshlash arafasidasiz. Shu vaqtgacha qadrdon maktabdagi ustozlaringiz va doʻstlaringiz bilan oʻtkazgan kundalik turmush tarzingiz oʻrniga yangi hayot, ajoyib taassurotlar va tajribalar olamiga safaringiz boshlanmoqda, — deyiladi vazir murojaatida. — Hozirda koʻpchiligingiz asosiy vaqtingizni oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlikka qaratmoqdasiz. Sizlar uchun yaqinda “Online-maktab”kanallarimizda Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda test topshirishga tayyorgarlik va oʻziga xos onlayn-repetitorlik saboqlarini boshlaymiz.

Orangizda ishga kirib yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlab, roʻzgʻorga oʻz hissasini qoʻshish harakatida yurganlar ham talaygina. Ular qoʻshimcha kasb oʻrganish uchun kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga oʻqishga ham borishi mumkin.

Yoshlarimizga qoʻshimcha yordam sifatida yozda “Online-maktab” kanallarida ingliz tilini oʻrganish uchun qiziqarli filmlar va koʻrsatuvlarni hamda onlayn platformalar orqali daromad topishni oʻrgatishga qaratilgan videodarslarni efirga berib borish ustida ishlayapmiz.

Inson muvaffaqiyatining koʻpi bilan 10 foizi omadga va tashqi omillarga, qolgan 90 foizi esa aynan oʻziga bogʻliq ekanligi uchun yuqori maqsadlar qoʻyib, oʻz kuchingizga ishonib tinmay harakat qilishingiz zarur!"

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?