Bugun qanday kun?

12:15 03 May 2020 Lifestyle
504 0

Bugun 3-may. Koʻpchilik bu kunda dunyoda Jahon matbuot erkinligi kuni nishonlanishidan yaxshi xabardor. Ammo bu kuni boshqa o'ziga xos "kunlar" ham qarshi olinar ekan.

Quyosh kuni, Spam kuni shular jumlasidandir.

Ayrim davlatlarda ham mayning uchinchi kuni oʻziga xos ahamiyat kasb etar ekan.

Masalan, AQSHda shu kuni Malinali kekslar kuni, Bogʻda meditatsiya qilish kuni, Velosipeddan minnatdorlik kuni, Gʻayritabiiy hodisalar kuni, Qaynatilgan shokolad kremi kuni, Fransiyada Toʻti kuni, Yaponiyada Konstitutsiya kuni, Litvada Onalar kuni, Polshada Uchinchi may yoki Konstitutsiya kuni, Ispaniyada May xochi kuni nishonlanadi.

Shu kuni tarixda qanday voqealar boʻlgan dersiz.

Masalan, 1494-yil 3-may kuni dengizchi Xristofor Kolumb Yamaykani kashf qilgan.

1904-yilda amerikalik ixtirochi Jorj Parker birinchi sharikli yozuv ruchkasi uchun patent olgan.

1937-yilda mashhur yozuvchi Margaret Mitchell “Shamollarda qolgan hislarim” asari uchun Pulitser mukofotini olgan.

1960-yilda esa Yevropa erkin savdo uyushmasi toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirgan.

1978-yil 3-may kuni esa yoqmaydigan reklama xabari — spam ilk bor rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Bu kuni ayrim gʻarb davlatlarida oʻziga xos taqiqlar va irim-sirimlar bor ekan.

Masalan, baliqchilar 3-may kuni baliq tutishni gunoh deb bilisharkan.

Shu kuni janjal qilib boʻlmaydi, chunki oʻtgan ajdodlarning ruhi chirqillaydi deb hisoblanar ekan.

Agar shu kuni havo iliq va quruq boʻlsa, yer ekin ekishga tayyor ekan.

Muhim ishlarni rejalashtirish, toʻylarni belgilash mumkin emas, faqat oʻtganlarni yodga olish kuni ekan. 

Xullas shunaqa gaplar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?