Kecha Oʻzbekistonda 312 kishida koronavirus aniqlandi. 121 nafari aholi orasida

00:02 06 Iyul 2020 Jamiyat
1070 0

Shu yilning 5-iyul kuni mamlakatimizda 312 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 190 nafari Karantin muassasalarida, 121 nafari aholi orasida (shundan 84 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Samarqand viloyatida), 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida orasida aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, bugun kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 159 nafar fuqaro sogʻaydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 10020 nafar bemordan 6584 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 65 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3402 nafar bemordan 25 nafari ogʻir, 8 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

‼️Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 42 895 nafar, statsionar karantinda esa 25 021 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda boʻlib turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?