Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi maydonga tushadi

14:53 09 Sentyabr 2019 Sport
196 0

Bugun futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi. Mazkur oʻyin Iordaniyaning Amman shahridagi “Qirol Abdulla II”stadionida boʻlib oʻtadi.

Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. Oʻyin “Sport” kanalida toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda jahon chempionati saralash bosqichining dastlabki turida vakillarimiz safarda Falastinga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻygan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?