Bugun xalq ishongan nomzodlar maʼlum boʻladi

15:16 05 Yanvar 2020 Siyosat
243 0

2019-yil 22-dekabr kuni boʻlib oʻtgan saylovlarda Qashqadaryo viloyatidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 133-Yakkabogʻ va 135-Gʻuzor saylov okruglari, Xalq deputatlari viloyat kengashiga saylov oʻtkazuvchi 11-Dehqonobod, 31-Yangiobod, 48-Jar, 56-Chaydari, 57-Qoʻshchinor, 58-Qishliq saylov okruglarida 50 foizdan ziyod ovoz toʻlay olmagan deputatlikka nomzodlar uchun 2020-yilning birinchi yakshanbasi, yaʼni bugun, 5-yanvar kuni qayta saylov jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

Ayni vaqtda 135-Gʻuzor saylov okrugiga qarashli barcha saylov uchastkalarida takroriy ovoz berish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda.Okrug maʼlumotlariga koʻra, kunning birinchi yarmida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar sayloviga takroriy ovoz berish uchun jami 131 339 nafar saylovchidan 27 843 nafari, yaʼni 21.2 % saylov uchastkalariga tashrif etib,oʻz nomzodlari uchun takroriy ovoz berdi.

-Bugun nuroniy otaxonu onaxonlarimiz ham oʻzlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanishmoqda,-deydi Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Gʻuzor tumani boʻlinmasi raisi Husniddin Nuriddinov. — Biz oila aʼzolarimiz bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi boʻyicha 52-saylov uchastkasida takroriy ovoz berish jarayonida faol qatnashib, munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdik.Bugun shunisi maʼlumki, qancha odam kelishida qatʼiy nazar eng koʻp ovoz olgan nomzod saylanadi. Boshqacha aytganda xalqimiz eng koʻp ishonch bildirgan kishi deputat boʻladi. Men ularga ana shu ishonchni oqlashga va xalqimizga sidqidildan xizmat qilishida omad tilab qolaman.

Takroriy ovoz berish davom etmoqda.

Ahad Muhammadiyev, “Xalq soʻzi”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?