Bugun 5 nafar bokschimiz JCH yarim finalida ringga chiqadi

11:37 20 Sentyabr 2019 Sport
194 0

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlariga start beriladi.

Xabaringiz bor, ushbu bosqichga terma jamoamizning 5 nafar vakili yetib kelgan va ular bugun musobaqaning final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtariladilar. Eʼtiborlisi, bu bosqichda 2 nafar vakilimizga angliyalik bokschilar raqiblik qiladi. Batafsil:

52 kg: Shahobiddin Zoirov – Bilal Bennama (Fransiya) (Boshlanish vaqti – 15:00)

-57 kg: Miraziz Mirzahalilov – Erdenebat Tsendbaatar (Moʻgʻuliston) (19:15)

-69 kg: Bobousmon Baturov – Pet Makkormak (Angliya) (19:45)

-81 kg: Dilshodbek Roʻzmetov – Benjamin Uittaker (Angliya) (20:15)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Maksim Babanin (Rossiya) (20:45)

UZREPORT TV telekanali mazkur janglarni jonli efirda namoyish qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?