BTR ikki nafar gvardiyachini bosib ketdi. Ulardan biri hayotdan koʻz yumdi

17:32 17 Sentyabr 2019 Dunyo
188 0

RFning Smolensk oblastida oʻtkazilayotgan harbiy mashgʻulotlar paytida BTR Rossiya milliy gvardiyasi ikki nafar xodimini bosib ketgan. Oqibatda ularning biri hayotdan koʻz yumgan, ikkinchisi shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Rosgvardiya qoʻshinlari markaziy okrugi matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea sapyorlar tomonidan minalar qidirilayotgan paytda roʻy bergan. Gap shundaki, minalardan biri ishlab ketishi natijasida tutun paydo boʻlgan va BTR-80 haydovchisi ikki nafar hamkasbini koʻrmay qolgan va ularni bosib ketgan.

Jarohat olgan gvardiyachining ahvoli qoniqarli ekanligi aytilmoqda.

Smolensk garnizoni harbiy prokuraturasi ushbu hodisani oʻrganishni boshladi.

Oʻquv mashgʻulotlari Jernovka aholi punktida boʻlib oʻtayotgan edi. unda qariyb 180 kishi qatnashayotgan boʻlgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?