Braziliya ham JSSTni tark etish bilan tahdid qilmoqda

21:37 06 Iyun 2020 Dunyo
192 0

Foto: rbc.ru

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru AQSH kabi yoʻl tutib, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan chiqib ketishini maʼlum qildi.

“Ogohlantiraman: Qoʻshma Shtatlar JSSTdan chiqdi va biz ham kelajakda shu kabi variantni koʻrib chiqamiz”, — deydi Bolsonaru.

Prezidentning taʼkidlashicha, JSST yashirin gʻoya bilan ishlamasligi kerak, aks holda Braziliya tashkilotni tark etadi. “Bizga sogʻliqni saqlash borasida nima qilish kerakligini chetdan turib oʻrgatadiganlar kerak emas”, — deydi Braziliya prezidenti.

Eslatib oʻtamiz, 15-aprel kuni AQSH JSSTni moliyalashtirishni toʻxtatishini eʼlon qilgandi. 17-may kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini moliyalashtirish qisman tiklanishi mumkinligini maʼlum qildi. 29-mayda esa AQSH Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan munosabatlarni toʻxtatdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?