Bozorlardagi narx-navolarni senatorlar o`z nazoratiga oldi

15:57 31 Mart 2020 Siyosat
207 0

Arxiv surat

Karantin davrida yurtimizdagi dehqon bozorlarida oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxining asossiz oshib ketishiga yoʻl qoʻyilmasligi borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim fuqarolarimiz orasida nooʻrin vahima paydo boʻlib, savdogarlar tomonidan narxlar oshirilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar tarqaldi.

Joriy yilning 30-mart kuni Oliy Majlis Senati aʼzolaridan iborat Ishchi guruh poytaxtimizdagi Mirobod, Farhod, Yunusobod va Oloy dehqon bozorlardagi narx-navolar hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlanishini koʻzdan kechirdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Senatorlar bozorlardagi sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishi holatlari bilan ham tanishishdi. Ushbu dehqon bozorlarida sanitariya holatlarini saqlashga alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, Tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati tomonidan dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bozorlarning kirish qismida maxsus dezinfeksiya uskunalari oʻrnatilgan boʻlib, xaridorlar tomonidan mazkur vositalar foydalanilmoqda.

Shu oʻrinda aytish joizki, bozorlardagi narx-navolar senatorlarning nazoratida. Eng muhimi, narx-navoning asossiz oshishi boʻyicha vahimaga aslo oʻrin yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?