Bojxona maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida

10:12 01 Noyabr 2019 Hujjatlar
224 0

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan2019-yil 19-sentyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019-yil 11-oktyabrda maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 2274-modda ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“tovarlar va transport vositalari musodara qilinib yoki musodara qilinmay, fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;

2) 2278-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasidagi “va ularni tasarruf etish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalarini tasarruf etish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

3) 2279-modda:

nomidagi «Qiyoslash vositalarini» degan soʻzlar «Bojxona identifika­siyalash vositalarini» degan soʻzlar ­bilan almashtirilsin;

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Bojxona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirish, yoʻq qilish, shikastlash yoki yoʻqotish, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan transport vositalarining yukxonasini, yuklangan tovarlarni qonunga xilof ravishda ochish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;

4) 22710-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

5) 22714-modda:

uchinchi qismining sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlar musodara qilinib” degan soʻzlar “tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismining sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlar musodara qilinib” degan soʻzlar “tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 22716-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasidagi “jinoyat alomatlari boʻlmagan taqdirda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini olib chiqmaganlik uchun maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin oʻttiz kun ichida ularni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik, agar bunday olib chiqish shart boʻlsa, –

tovarlarni va transport vositalarini musodara qilishga sabab boʻladi»;

uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

toʻrtinchi qismining dispozitsiyasidagi “jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

beshinchi qismining dispozitsiyasidagi “uchinchi” degan soʻz “toʻrtinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;

7) 22718-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasidagi “va ularni tasarruf etish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalarini ushbu bojxona rejimi talablariga muvofiq boʻlmagan tarzda tasarruf etish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

8) 22719-modda:

birinchi qismining:

dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari boʻlmasa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlarni musodara qilib” degan soʻzlar “tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlar musodara qilinib” degan soʻzlar “tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

9) 22720-modda:

birinchi qismining:

dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari boʻlmasa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

sanksiyasidagi “fuqarolarga” degan soʻz chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, –

tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

10) 22721-modda:

birinchi qismining:

dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari boʻlmasa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlar va transport vositalarini musodara qilib” degan soʻzlar “tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining:

dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari boʻlmasa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlarni musodara qilib” degan soʻzlar “tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismining:

dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Hujjatlardan yoki bojxona identifikatsiyalash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, bundan ushbu Kodeksning 22722-moddasida va 22725-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno”;

sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlarni musodara qilib” degan soʻzlar “tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

11) 22722-modda birinchi qismining:

dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari boʻlmasa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlarni musodara qilib” degan soʻzlar “tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

12) 22723-modda birinchi qismining:

dispozitsiyasidagi “qiyoslash vositalaridan” degan soʻzlar “bojxona identifikatsiyalash vositalaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlar va transport vositalarini musodara qilib” degan soʻzlar “tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

13) 22725-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari boʻlmasa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismining dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari boʻlmasa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

14) 22726-moddaning dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari boʻlmasa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

15) 271-moddaning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165-moddasining birinchi qismida, 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 167-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 172, 173-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1741-moddasining birinchi – sakkizinchi qismlarida, 175-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida, 1751-moddasining birinchi qismida, 1753, 1754-moddalarida, 1755-moddasining birinchi qismida, 1761 – 1764-moddalarida, 177-moddasining birinchi qismida, 1771-moddasining birinchi qismida, 1772-moddasining birinchi qismida, 178-moddasining birinchi, uchinchi – sakkizinchi qismlarida, 1781-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1792-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1794-moddasining birinchi qismida, 1795-moddasida, 215-moddasining birinchi qismida, 2151-moddasining birinchi qismida, 2278-moddasining birinchi, uchinchi va beshinchi qismlarida, 22714-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 22718-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22719-moddasining birinchi qismida, 22721-moddasida, 22722-moddasining birinchi qismida, 22723-moddasining birinchi qismida, 22724, 22725 va 22726-moddalarida, 22727-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga zarar yetkazilgan hollar mustasno»;

16) 287-modda birinchi qismining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6) ushbu Kodeksning 901, 1842, 1843, 1851, 189, 1891, 198, 227, 2271 – 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda – bojxona organlari xodimlari tomonidan”;

17) 291-modda birinchi qismining «g» kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“g) ushbu Kodeksning 901, 198, 227 – 22727-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda – Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan”;

18) 294-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Basharti sodir etgan huquqbuzarligi uchun ushbu Kodeksda maʼmuriy qamoqqa olish, ashyolarini musodara qilish yoki haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish choralarini qoʻllash nazarda tutilgan boʻlsa, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish vaqtida maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirok etishi shart. Mazkur shaxs bunday maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda ishtirok etishdan boʻyin tovlagan taqdirda, u maʼmuriy sudning ajrimiga binoan ichki ishlar organi tomonidan majburan olib kelinishi mumkin. Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni yoki boshqa qimmatliklarni olib oʻtish bilan bogʻliq boʻlib, musodara qoʻllanilishi mumkin boʻlgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish alohida hollarda, agar maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlsa yoki uning turgan joyini aniqlash imkoni boʻlmasa, bunday shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi”.

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.

4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                        Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri,

2019-yil 31-oktyabr

№ OʻRQ—577


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?