Boyovutda 30 foiz elektr energiyasi isrof qilinmoqda

15:09 19 Avgust 2019 Jamiyat
106 0

Soʻnggi yillarda fermerlarga misli koʻrilmagan shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratib berildi. Bor yoʻgʻi toʻrttagina hujjat bilan arizasini yozib bersa, elektr tarmogʻiga bepul ulab beriladi, faoliyati yura boshlaydi.

Elektr energiyasini isteʼmol qilish jarayonlarini oqilona va samarali tashkil etishni taʼminlash doirasida ishlarni amalga oshirilishiga koʻmaklashish maqsadida “Oʻzenergoinspeksiya” ning Sirdaryo hududiy boʻlimi oʻz faoliyatini gʻalla va paxta yetishtirishga bagʻishlagan boyovutlik bir nechta fermerlarning ekin yerlarida boʻldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Boyovut tumani 3-Boyovut SIU (Suv isteʼmolchilari uyushmasi) hududida joylashgan “Tinchlik tuhfasi” fermer xoʻjaligiga qarashli quvvati 132 kVt boʻlgan, oʻrtacha oylik elektr energiyasi isteʼmoli 22000 kVt.s boʻlgan SMP-500 rusumli paxta va gʻalla ekinlarini sugʻorish uchun oʻrnatilgan elektr suv nasosi Boyovut TETK ga qarashli quvvati 250 kVA transformator punktidan manbalanadi.

Suv chiqarish uchun oʻrnatilgan suv nasosi quvvatiga nisbatan suv oquvchi trubalar kichik diametrda tanlanganligi oqibatida suv nasosi orqali tortilgan suvlar qaytib suv oquvchi zovurlarga tushmoqda, bu bilan 30 % (6600 kVt.s) ga yaqin elektr energiyasidan samarasiz foydalanib kelinmoqda.

Ushbu suv isteʼmolchilari hududida joylashgan Boyovut TETK ga qarashli quvvati 250 kVA transformator punktidan manbalanuvchi “Xondavlat” fermer xoʻjaligiga qarashli quvvati 110 kVt boʻlgan, oʻrtacha oylik elektr energiyasi isteʼmoli 43500 kVt.s boʻlgan SMP-500 rusumli paxta va gʻalla ekinlarini sugʻorish uchun oʻrnatilgan elektr suv nasosi chiqarayotgan suvlar yigʻiluvchi bochkani sigʻimi oʻrnatilgan suv nasosini quvvatiga nisbatan kichkina tanlangani oqibatida suv nasosi orqali chiqarilayotgan suvlar qaytib suv oquvchi zovurlarga tushmoqda. Bu bilan 10 % (4350 kVt.s) ga yaqin elektr energiyasidan samarasiz foydalanib kelinmoqda.

“Maxmudxoʻja” fermer xoʻjaligi Boyovut tumani 2-Boyovut SIU Bunyodkor mahallasi hududida joylashgan boʻlib, oʻrtacha oylik elektr energiyasi istemoli 23000 kVt.s boʻlgan SMP-500 rusumli paxta va gʻalla ekinlarini sugʻorish uchun oʻrnatilgan elektr suv nasosidan foydalanib keladi.

Boyovut TETK ga qarashli quvvati 160 kVa transformator punktidan manbalanuvchi ushbu elektr suv nasosining quvurlari eskirib, teshilib ketganligi sababli nasos orqali tortilgan suvlar qaytib suv oquvchi zovurlarga tushmoqda, bu bilan 10 % (2300 kVt.s) ga yaqin elektr energiyasidan samarasiz foydalanib kelinmoqda.

Yana bir tadbirkorga tegishli “Shabbona Umar Arxan” fermer xoʻjaligi Xovos tumani Farhod SIU Islom mahallasi hududida joylashgan. Undagi quvvati 110 kVt boʻlgan oʻrtacha oylik elektr energiyasi istemoli 15920 kVt.s boʻlgan SMP-500 rusumli paxta va gʻalla ekinlarini sugʻorish uchun oʻrnatilgan elektr suv nasosi Xovos TETK ga qarashli quvvati 250 kVa transformator punktidan manbalanadi.

Elektr nasosning suv chiqaruvchi trubasiga qoʻshimcha truba oʻrnatgan xolda suvning 30% miqdorini “sbros”ga, yaʼni orqaga qayta tashlagan xolda 30 % ( 4776 kVt.s) ga yaqin elektr energiyasidan samarasiz foydalanib kelinmoqda.

Yana bir tadbirkorga tegishli “Shabbona Umar Arxan” fermer xoʻjaligi Xovos tumani Farhod SIU Islom mahallasi hududida joylashgan. Undagi quvvati 110 kVt boʻlgan oʻrtacha oylik elektr energiyasi istemoli 15920 kVt.s boʻlgan SMP-500 rusumli paxta va gʻalla ekinlarini sugʻorish uchun oʻrnatilgan elektr suv nasosi Xovos TETK ga qarashli quvvati 250 kVa transformator punktidan manbalanadi.

Elektr nasosning suv chiqaruvchi trubasiga qoʻshimcha truba oʻrnatgan xolda suvning 30% miqdorini “sbros”ga, yaʼni orqaga qayta tashlagan xolda 30 % ( 4776 kVt.s) ga yaqin elektr energiyasidan samarasiz foydalanib kelinmoqda.

Taʼkidlash kerakki, yuqoridagi tanqidiy oʻrganishlar fermer xoʻjaliklariga elektr energiyasiga boʻlgan munosabatni oʻzgartirish talabini qoʻyadi. Chunki bugungi kunda nafaqat elektr energiyasi samaradorligini oshirish, balki suvni tejab-tergab ishlatish ham dolzarb vazifadir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?