Bosh vazirning yangi o‘rinbosari tayinlandi

10:40 28 May 2018 Siyosat
1086 2

Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari etib tayinlandi.

"Xalq so‘zi"ning hukumatdagi manbasiga ko‘ra, bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli Farmoni imzolangan.

Abduhakimov bugungi kunga qadar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Ma’lumot uchun, Abduhakimov 2014 yilda sobiq Mehnat va aholini muhofaza qilish vazirligi (hozirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) vaziri sifatida ishlagandi. 2017 yilning avgust oyidan beri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bosh vazir o‘rinbosari Qahramon Valiyevich Akmalov lavozimdan ozod qilingani haqida xabar berilgandi.


Izohlar


Admin

Prezidentimizni 2863 sonli qarorini vazirlar mahkamsiga tegishli qismi qachon bajariladi?

10:1531.05.2018