Bosh prokuratura rahbariyatida oʻzgarish boʻlmagan

18:30 06 Mart 2019 Siyosat
4604 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodovning isteʼfoga chiqarilgani va uning oʻrniga IIV rahbari Poʻlat Bobojonov tayinlangani haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning ”Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, bu xabarlar haqiqatga mos kelmaydi.

”Bosh prokuraturada Otabek Murodov rahbarligida doimgidek faoliyat ketmoqda. Hech bir uydirma gapga oʻrin yoʻq!”, deya maʼlum qildi mahkama matbuot xizmati rahbari.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?