Boʻlgʻusi soliqchilar Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

16:04 15 Oktyabr 2018 Jamiyat
1700 0

Davlat soliq qoʻmitasi tasarrufidagi Toshkent soliq kollejining bir guruh professor-oʻqituvchilari va oʻquvchilari uchun mamlakatimizda boʻlajak yosh rahbar kadrlar uchun qaratilayotgan yuksak eʼtibordan oqilona foydalanish va oʻquvchilarda taʼlim olishga boʻlgan qiziqishni oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida uchrashuv tashkil etildi.

Davlat soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi tomonidan xabar qilindi.

Uchrashuvda kollej oʻqituvchilari va oʻquvchilari uchun mamlakatimizning boshqaruv sohasida kadrlar tayyorlash bilan bogʻliq dolzarb masalalar yuzasidan akademiya rahbariyati va professor-oʻqituvchilari tomonidan mahorat darslari oʻtkazildi.

Shu bilan birga, kollej jamoasiga Prezidentimizning boshqaruv tizimiga yosh, intellektual salohiyatga ega boʻlgan, xalqaro andozalarga javob beradigan, kuchli boshqaruv madaniyatiga ega kadrlar tayyorlash yuzasidan Akademiya oldiga qoʻyilgan vazifalar xususida maʼlumot berildi.

Toshkent soliq kolleji professor-oʻqituvchilari va oʻquvchilari Akademiyaning oʻquv xonalari, axborot-resurs markazi, sport zallari va bu yerda tahsil olayotgan boʻlajak rahbar kadrlarga yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv qizgʻin savol-javoblarga boy oʻtdi va tashrif buyurgan pedagog oʻqituvchilar va oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?